Yangiliklar 16/03/2025 Nodavlat maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 112 ming 93 nafarga yetdi. Bu esa 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 ming 324 nafarga ko‘p degani.

   Yillar kesimida nodavlat maktablarda o‘quvchilar soni:

➖ 2018/2019 – 13 769 nafar;
➖ 2019/2020 – 21 042 nafar;
➖ 2020/2021 – 26 970 nafar;
➖ 2021/2022 – 30 553 nafar;
➖ 2022/2023 – 45 927 nafar;
➖ 2023/2024 – 64 010 nafar;
➖ 2024/2025 – 112 093 nafar.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling