Ushbu ro‘yxat karyerasini moliya sohasida qurmoqchi bo‘lganlar uchun tuzilgan.
1. The University of Melbourne
– Jahon reytinglarida doimiy ravishda TOP-50 talikda.
– Kuchli biznes maktabi va iqtisodiyot fakulteti.
– Bitiruvchilarning 85–90% i yirik moliyaviy korxonalarda ish topadi.
2. The University of New South Wales (UNSW)
– Biznes maktabi, dunyo bo‘yicha TOP-50 talikda.
– 70% dan ortiq talabalarga yirik kompaniyalarda stajirovka imkoniyatini beradi.
– Yuqori akademik obro‘ va zamonaviy tadqiqotlarga boy.
3. The University of Sydney
– Jahon reytinglarida 40–45-o‘rinlarda.
– Bitiruvchilarning 80% i 6 oy ichida ishga joylashadi.
– Real moliyaviy muammolar bilan ishlash imkoniyati.
4. University of Warwick (Buyuk Britaniya)
– Financial Times reytingida Evropaning TOP-10 biznes maktablari orasida.
– Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yuqori natijalar.
– Londonning moliyaviy markaziga yaqinligi tufayli ishga joylashish imkoniyati katta.
Bu universitetlar bilim darajasi, amaliy tajriba va ishga joylashish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
#Yangiliklar