Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Duel” adabiy tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy bosqichda respublikaning turli hududlaridan yetib kelgan iqtidorli yoshlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi va hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra,
Kattalar she’riyati yo‘nalishi bo‘yicha:
— Madina Norchayeva 1-o‘rinni egalladi va 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi;
— Azizbek Yusupov 2-o‘ringa loyiq deb topilib, 40 million so‘m mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bolalar she’riyati yo‘nalishi bo‘yicha:
— Shamshoda Hamdamova 1-o‘rinni egalladi va 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi;
— Sardor Sa’dullayev 2-o‘ringa loyiq deb topilib, 40 million so‘m mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar noutbuk hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
#Maqola