Repostlar 07/02/2025 Nodavlat oliygohni bitirib magistraturada o'qib bo'lmaydimi?

   Ko'pchilikni shu kabi savollar qiynaydi yoki ikkilanishiga sabab bo'ladi.

   Qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohining MAGISTRATURAsida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.

   Bundan tashqari, nodavlat oliygohning magistraturasini tamomlagandan keyin davlat oliygohining doktorantura (tayanch doktorantura)ga o'qishga bemalol topshirish mumkin. Bunda ham hech qanday cheklov mavjud emas.

Manba: https://t.me/magistrlarofficial/12726

#Ta'lim telekanali   #Tartib qoida  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling