DIQQAT, TANLOV!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
➖ jadid ma’rifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varag‘ining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qo‘lda yozilgan bo‘lishi shart);
➖ shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi ko‘rsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20-iyundan 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
➖ Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Ko‘chirilgan yoki sun’iy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi.
✅ Tanlov g‘oliblari Diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar to‘plami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:
📍 1 ta birinchi o‘rin – 5 000 000 (besh million) so‘m;
📍 2 ta ikkinchi o‘rin – har biri 4 000 000 (to‘rt million) so‘mdan;
📍 3 ta uchinchi o‘rin – har biri 3 000 000 (uch million) so‘mdan;
📍 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – har biri 1 000 000 (bir million) so‘mdan.
➡️ Tanlov g‘olib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi.
👉 Shuningdek, birinchi o‘rin g‘olibi o‘qiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.
#Grandlar