Yangiliklar 30/05/2025 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Avvalroq, ushbu tavsiyanomaga talabgorlarning 6 ta mezoni haqida ma’lumot berilgan edi. Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar o‘rnatilgan tartibda o‘z egalariga yetkaziladi.

Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi. Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5-yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim.

Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo‘lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling