Tanlovlar 04/06/2024 “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qiladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi nufuzli yetakchi universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun Jamg‘armaning 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi. 

➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.

Xususan, 

  • - bakalavriat - 130 ta o‘rin;
  • - magistratura - 220 ta o‘rin;
  • - doktorantura - 100 ta o‘rin.

⚡️Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar  https://el-yurt.uz platformasi orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin. 

Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

  • - Jamg‘arma Ijrochi direktori nomiga ariza;
  • - xorijiy ta’lim muassasasidan qabul qilinganligi to‘g‘risida xat (Letter of acceptance);
  • - mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • - attestat yoki diplom nusxasi; 
  • - xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
  • - motivatsion insho va boshqalar.

Murojaat uchun: (71) 203-00-47, (71) 203-00-49 hamda @Eyufmatbuot

#Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling