Tanlovlar 03/03/2025 Muhandislik g‘oyalari tanlovi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi "Uzcosmos" kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda butun mamlakat yoshlari uchun muhandislik g‘oyalari tanlovini e’lon qildi.

    Tanlovda 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning muhandislik loyihasi maishiy yoki ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam berishi kerak — bu qariyalar uchun yordamchi robotlar, chiqindilarni saralash robotlari, poyabzal tozalovchi robotlar va boshqa dadil konsepsiyalar bo‘lishi mumkin. Baholashning asosiy mezonlari ijtimoiy va ekologik ahamiyat, shuningdek, loyihani amalga oshirish imkoniyati bo‘ladi.

🗓17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida g‘oliblarning ishlari ko‘rgazmasi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Maktab o‘quvchilari orasidan esa "Eng kreativ loyiha" nominatsiyasi g‘olibini aniqlanadi.

🥇G‘olib ishtirokchi yoki jamoa maxsus sovrin — Yevropadagi eng yirik markaz va dunyodagi eng yaxshi 5 talikka kiruvchi Guhem  xalqaro kosmik markaziga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun saytda ariza qoldirish, loyiha tavsifi va qisqa videoni biriktirish kerak. Arizalar 30-martgacha qabul qilinadi.

  Yoshlarning ijodiy loyihalarini intiqlik bilan kutamiz!

#Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling