Ushbu tartib kechadan e’tiboran kuchga kirgan bo‘lib, u F (ta’lim), M (akademik bo‘lmagan va kasbiy ta’lim), J (almashinuv dasturlari) turdagi vizalar olishda amal qiladi.
🌐 Unga ko‘ra, viza olishga da’vogardan barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini “ommaviy” holatga o‘tkazish so‘raladi. Ya’ni “qulf” osilgan profillarni ochib qo‘yish kerak.
📋 Vizaga murojaat etish uchun to‘ldirilgan DS-160 formasida, murojaatchilar so‘nggi 5 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan barcha ismlar va taxalluslarini kiritishlari talab etiladi.
Formani imzolab yuborishdan avval, murojaatchilar to‘ldirilgan DS-160 formadagi barcha ma’lumot to‘g‘ri va haqqoniy ekanligini tasdiqlashlari zarur.
❌ Ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq ma’lumotni kiritmaslik viza murojaati bo‘yicha rad javobi berilishiga hamda kelgusida viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.
#Yangiliklar