Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ‘‘O‘quvchilar davomatini yuritish, ta’limga jalb qilish ishlarini nazorat qilish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarini huquqbuzarlik holatidan kelib chiqib toifalash to‘g‘risida’’ gi qaroriga ko‘ra, dars jarayonlarida sodir bo‘lganlar qanday noxush holatlarni maktab ma’muriyati hamda inspektor-psixolog ishtirokida kuzatuv kameralar orqali ko‘rib chiqiladi.
Har oyda kamida bir marotaba viloyat, tuman (shahar) hokimliklari rahbarlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari”ni tashkil etish orqali maktab o‘quvchilar muammolari joyida hal etiladi.
Haftaning juma kunlari o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan tarbiya darslarida, IIO dan biriktirilgan mas’ul rahbarlar ishtirok etadi va ular tomonidan huquqbuzarliklarga tushuncha berish va oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatiladi.
Ota-onalar majlislarida maktab ma’muriyati, mahalla yettiligi va inspektor-psixologlar ishtirokida o‘quvchilar davomati, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi, yurish-turishi, xulqi bilan bog‘liq masalalar muhokama etiladi.
Respublikaning barcha maktablari har oy yakuni bo‘yicha hisobot davrida sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratiladi. “Yashil”, “Sariq”, “Qizil” toifadagi maktablarning ro‘yxatlari Ichki ishlar organlari viloyat,tuman, shahar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha boshqarma va bo‘linmalari tomonidan yuritiladi.
Biriktirilgan mas’ul rahbarlar maktablarda o‘tkaziladigan haftaning har juma kuni “Tarbiya soati” darslarida ishtirok etadi.
#Yangiliklar