Maqolalar 30/04/2025 Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida necha nafar talabgorga rahbar bo‘la oladi?

✅ Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin.

 ➡️ So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

➡️ Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. 

✅ So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qiladigan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

✅ Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.

🔍 Asos:

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling