Fransiyaning Lion shahridagi ENS de Lyon universiteti xalqaro talabalarga magistratura bosqichida oʻqish uchun Ampere Scholarship of Excellence dasturini eʼlon qiladi. Ushbu grant, asosan, aniq fanlar, sanʼat, gumanitar fanlar va ijtimoiy fanlar sohalarida oʻqishni xohlaydigan xalqaro talabalar uchun moʻljallangan. Dastur 12 oy davom etadi va grant sohiblariga 12 oy davomida har oy 1,000 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Dasturga 26 yoshdan oshmagan, bakalavr bosqichining kamida 3-kursini tamomlayotgan va ingliz yoki fransuz tillaridan birini biladigan Fransiyada tashqari barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 6-noyabrdan 2025-yil 1-fevral Oʻzbekiston vaqti bilan soat 03:59 gacha davom etadi.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Eslatma! Dasturning ikkinchi yilida ham, aniqrogʻi, magistraturaning birinchi yilini tugatib, ikkinchi yilini ham oʻqimoqchi boʻlgan nomzodlar ikkinchi yil qayta ariza topshirishlari mumkin. Ular magistratura boʻlimi boshligʻi tomonidan saralab olinadi.
Ariza topshirish jarayoni quyidagicha:
-ENS de Lyon universitetiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin;
-Université Claude Bernard Lyon 1 universitetiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin;
-Université Jean Monnet universitetiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Dasturda roʻyxatdan oʻtish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Eslatma! Ariza topshirishdan oldin, dastur talablari va roʻyxatdan oʻtish jarayoni bilan batafsil tanishib chiqing. Hali oʻqishni tugatmagan va diplomini olmagan nomzodlar diplomlarini oʻquv yili oldidan topshirishlari mumkin. E-mail orqali yoki muddatidan keyin topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Dastur doirasida mavjud yoʻnalishlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manba: https://t.me/grantgouz/7451
#Yangiliklar #Grandlar #Chetda tahsil olish