Maqolalar 09/04/2025 Ichki perevod haqida batafsil ma’lumot

Ichki perevod – ya’ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo‘lgan holatlar:

▪️Ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish (mos va turdosh yo‘nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas’ul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va xulosa beradi.

▫️Ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish (noturdosh yo‘nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.

▪️Ta’lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas’ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.

▫️Ta’lim tilini o‘zgartirish (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.

▪️Guruhni o‘zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

▫️ O‘qishni tiklash (o‘z yo‘nalishiga yoki boshqa turdosh yo‘nalishga) – arizalar to‘liq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xulosa OTM mas’ul komissiyasi tomonidan beriladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling