Tanlovlar 27/01/2025 “Insholar tanlovi”ga marhamat!

Iste’dodli yoshlarga ajoyib imkoniyat! Ulug‘bek jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi tanlovga siz ham qo‘shiling! 

Mavzu: Chingiz Aytmatovning “Kassandra tamg‘asi” 
Hujjatlar qabul muddati: 17-yanvardan 10-fevralgacha.
Manzil: @vorislar_insholar_tanlovi_bot (Telegram orqali).

G‘oliblar uchun mukofotlar: 

  • 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m
  • 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m
  • 3-o‘rin – 2 000 000 so‘m

Fikrlashda teranlik, ijodiy yondashuv va o‘ziga xos uslubingizni namoyon eting. Qimmatli mukofotlar sizni kutmoqda! 

Batafsil ma’lumot uchun:
+998 94 682 41 60

Imkoniyatni boy bermang – o‘z iqtidoringizni ko‘rsating va g‘olib bo‘ling! 

#Yangiliklar   #Talaba  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling