Maqolalar 14/06/2025 Kontraktni to‘liq to‘lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo‘q bunga haqqi yo‘q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to‘lamaslik asos bo‘la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to‘lamagan bo‘lsa, uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos. 

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo‘yib qo‘yish, va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish umuman mumkin emas.

✅ Kontrakt to‘lash muddatlari: 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar: 

— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:

— 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:

— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha; 

— 75% 1-martgacha;

— 100% 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

➡️xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

❕ Nodavlat oliygohlarda kontrakt to‘lash muddatlari talaba va OTM o‘rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling