Yangiliklar 13/02/2025 Magistraturadagi ayrim talabalarga ta’lim krediti berilmaydi

  Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalarga ta’lim krediti berilmaydi. Bu haqda, 2025-yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

  Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling