Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi.
Mazkur farmonga muvofiq, sirtqining o‘rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muqobil ta’lim shakli ko‘proq masofaviy ta’lim shakli bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishga ruxsat beriladi.
Oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o‘qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o‘qitsa bo‘ladi.
#Yangiliklar