Savol: Men Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga ko‘chib keldim, 2 nafar farzandim bor, maktabga joylashtirishim kerak, uyimiz yonida Yangihayot tumanidagi 330-maktab bor, direktorga borsam qabul qilmadi, onlayn ariza bering deb, shu to‘g‘rimi? Qayerga murojaat qilishim kerak?
Javob: Ota-onalar tomonidan farzandlarini o‘qishini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlari my.gov.uz va my.maktab.uz elektron platformalari orqali onlayn shaklda ariza yuborish orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda Toshkent shahri va viloyat markazlarida joylashgan maktablarga o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish jarayoni elektron qabul asosida o‘tkaziladi. Siz ham yuqoridagi platformalar orqali elektron ariza yuborgan holda maktab ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
#Maqola