Jamiyatda ta’lim va ma’lumot olishga doir savollar ko‘plab tug‘iladi. Maktab va oliy ta’lim bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, ta’lim hujjatlari va attestatlar haqida ko‘plab fuqarolarni o‘ylantiradigan savollar mavjud. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan ba’zi muammolarni hal etish va ularning yechimini topish uchun mutaxassislarning fikriga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada biz Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislardan olingan javoblar orqali ta’lim sohasidagi ba’zi savollarga javoblar keltiramiz.
Savol: Bu yil farzandim Qarshi shahridagi 10-maktabning 11-sinfini tamomlayapti, yoshligidan barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qigan, oltin medal olishga da’vogar edi, lekin sinf rahbari telefon qilib 9-sinfda a’lo darajali shahodatnomasi yo‘qligi uchun unga oltin medal berilmasligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Shu o‘rinda oltin medal berish talab haqida aytib o‘tadigan bo‘lsak. Oltin medal olish uchun bitiruvchining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi bo‘lishi kerak, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
#Maqola