Maqolalar 07/12/2024 Maktablarda qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Qonunchilikka ko‘ra, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-11 sinflarida "Chet tili" fani;

ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

5-11 sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari":

8-11 sinflarda "Jismoniy tarbiya";

5-9 sinflarda "Texnologiya":

10-11 sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik" fanlari:

ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2-11 sinflarida "O‘zbek tili" fani;

ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining 2-11 sinflarida "Rus tili" fani.

#Yangiliklar   #Tartib qoida  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling