The Economist nashriga ko‘ra Fransiya hukumati 2018-yildan buyon boshlang‘ich va o‘rta maktablarda smartfondan foydalanish taqiq qo‘ygan. Chunki bu bolalarning diqqatini jamlashga, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini kamaytirishga va onlayn bezorilikni kamaytirishga yordam beradi deb hisoblashadi. Niderlandiya ham 2024-yil yanvaridan boshlab xuddi shunday taqiqni joriy qildi. Shu yilning oxirida Vengriya ham xuddi shunday taqiqni qo‘llagan. Britaniyada ham Parlament xuddi shunday choralarni ko‘rib chiqmoqda. Ular oldida turgan asosiy savol maktablarda smartfonlarni taqiqlash ruhiy salomatlik uchun qanday foyda beradi?
2021-yilda Amerika bosh jarrohlaridan biri 2009-2019-yillar oralig‘ida amerikalik o‘rta maktab o‘quvchilari orasida tadqiqot o‘tkazadi va unga ko‘ra ushbu o‘quvchilar orasida umidsizlik hissi 40 foizga, o‘z joniga qasd qilishni jiddiy o‘ylaydiganlar soni 36 foizga oshganini aniqlaydi. Buning eng yomoni shundaki, o‘smirlik davrida paydo bo‘ladigan ruhiy salomatlik muammolarining 48 foizi (masalan, depressiya va ruhiy bezovtalik) odamlarni butun umri davomida azoblaydi.
Ushbu tendensiyalarni smartfonlarning ko‘payishi bilan bog‘lash mumkindir, ammo, sababiy aloqani o‘rnatish qiyin. Muammoning bir qismi shundaki, smartfonlar juda ko‘p funksiyani o‘z ichiga oladi (krossvord yechish, yangiliklarni o‘qish). Bolalar ham har xil. Ya’ni smartfondan foydalanish har bir bolada turlicha va bu har qanday tadqiqotda hisobga olinishi kerak.
Kembrij universitetida Emi Orben boshchiligidagi tadqiqotda 10 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan 17 409 kishi o‘z hayotlaridan qanchalik mamnun ekanliklari va ijtimoiy tarmoqlardan qanchalik foydalanishlari so‘ralgan va 2022-yilda “Nature Communications” jurnalida e’lon qilingan maqolada tadqiqotning natijasi shuni ko‘rsatadiki, bir yil davomida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni ko‘paytirgan qizlar o‘z turmush hayotidan sezilarli darajada qoniqmagan.
Lekin maktablarda telefonlarni taqiqlash orqali buning qanchalik o‘zgarishi noma’lum. Doktor Orbenning so‘zlariga ko‘ra, telefon foydalanuvchilarning batafsil ma’lumotlarini aniqlashning imkoni yo‘q. Chunki, tadqiqotchi umumiy ekran vaqti kabi o‘lchovlarga tayanishga majbur. Aynan bola nima maqsadda telefondan foydalanayotgani noma’lum. Natijada ta’lim doirasida telefondan foydalanayotgan bola ham, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lgan bolalar bilan bir xil tahliliy ma’lumot beradi.
Manba: https://t.me/rahimjon_hakimov/224
#Ta'lim telekanali #Maktab