Maktablarda yozgi ta’til qisqaradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga beriladigan 3 oylik yozgi ta’tilni 1,5 oyga qisqartirish taklifi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xalqtaliminfo.uz ushbu xabarlar qanchalik asosli ekanligini o‘rganish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda maktablarda yozgi ta’tilni qisqartirish rejalashtirilmagan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar hech qanday asosga ega emas.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
- -kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- -qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- -bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- -yozgi ta’til – oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
💡Eyzenxauer matritsasi (muhim/shoshilinch 2×2): nima u va qanday qo‘llanadiHayot formulalari →💡SMART maqsadlar: nima u va maqsadni qanday aniq qo‘yish kerakHayot formulalari →
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling