“Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanloviga start berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, bu illatga qarshi murosasiz kurash kayfiyatini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari bo‘yicha bilimlarini yuksaltirish, shuningdek, ijodiy salohiyatini yana-da oshirishdan iborat.
Mazkur tanlov 4 bosqichda: maktab, tuman (shahar), hududiy va Respublika bosqichlarida insho va tasviriy sanʼat yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun:
- Birinchi bosqich: umumtaʼlim maktablarida 4-fevraldan 10-fevralga qadar;
- Ikkinchi bosqich: tuman (shahar)larda 15-fevraldan 25-fevralga qadar;
- Uchinchi bosqich: 15-martdan 25-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda;
- Yakuniy bosqich: Respublika bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.
Barcha o‘quvchi-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!