Yangiliklar 04/04/2025 Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari keyingi o‘quv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi to‘g‘risida xabar bergan edik.

📄Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.

💪 Unga ko‘ra jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari bo‘yicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

🗓 Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun: (2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):

➖birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 balldan jami 40 ball);

➖ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari bo‘yicha-20 ball, sport turlari bo‘yicha mashqlar texnikasi -40 ball).

❗️Ta’kidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, o‘tgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha namunaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin: 

https://t.me/uztditestbot

Batafsil: Ta’lim omborida 

 

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling