So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 38-bandiga ko‘ra belgilangan ballni to‘play olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.
Bunda birinchi marta yakuniy sinovdan o‘ta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin.
Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni to‘play olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
#Maqola