Yangiliklar 02/12/2024 Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi. 

9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#Yangiliklar   #Sertifikat  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling