O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.08.2017-yildagi PQ-3231-son "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan maktablardagi buxgalteriya xizmati tugatilib tumanda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari joriy etilgan.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish markazlashgan buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday hisobotlar maktab direktorining imzosi bilan chiqmaydi. Tuman bo‘limi boshlig‘i imzosi bilan chiqadi.
Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni ham mavjud
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy hisobot topshirmagan direktor hech qanday jarimaga tortilmaydi
#Maqola