Maqolalar 05/04/2025 Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida

Prezident qarori (15.06.2022-y, PQ-279-son)ga asosan Respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat (xususiy) va xorijiy OTM filiallaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2 xil yo‘l bilan o‘qishni ko‘chirishi mumkin. 

➖ Mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirganda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida;

➖ Davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov (super kontrakt) asosida amalga oshiriladi:

✅ Ya’ni, nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlarining noturdosh ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkin.

Ushbu summa yo‘nalishlarga qarab stipendiyasiz kontrakt summasining 6 barobaridan 20 barobarigacha tashkil etishi mumkin.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling