Yangiliklar 09/06/2025 Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 

Farmonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.

Unga ko‘ra;

➖2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

➖Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;

➖Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;

➖Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling