Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Farmon bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga oliy ta’lim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.
Unga ko‘ra 2025-yil iyun-avgust oylarida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan
#Maqola