Xodim sanatoriyga yo‘llanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yo‘llanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari to‘g‘risida ma’lumot beradi
Xodim o‘ziga ma’qul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yo‘llanma ajratish bo‘yicha ariza topshiradi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yo‘llanma olish uchun murojaatlarni ro‘yxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimga imtiyozli yo‘llanma olish uchun hisobidagi mablag‘dan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.
Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va so‘ralgan sanatoriyga yo‘llanmani tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishonchnomasiga asosan ajradi.
Xodim kasaba uyushmasi qo‘mitasidan yo‘llanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yo‘llanma qiymati to‘liq yoki qisman to‘langani (yo‘llanma narxining 45foizi) to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozi (kvitansiya).
Xodim sanatoriy yo‘llanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini olib, sanatoriyga yo‘llanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi.
#Ta'lim telekanali #Maqola #Oʻqituvchi