O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyulda 25-sonli qo‘shma qaror ishlab chiqilgan va bu qaror 1-avgustdan kuchga kirdi.
Ushbu qarorda ustamalar o‘rindoshlik asosida ishlaydiganlarga hamda soatbay dars beradigan o‘qituvchilarga ham to‘lanishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, o‘rindoshlikdagi darslaringizga ham ustama to‘lanishi lozim.
Agarda o‘rindosh va soatbay ishlovchi pedagoglarga ustama to‘lashda nohaqliklar kuzatilayotgan bo‘lsa, bu vaziyatda tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim
#Ta'lim telekanali #Maqola #Oʻqituvchi #Ustama