Yangiliklar 03/12/2024 Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa...


Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi

Ta’lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Yangi qarorga ko‘ra Rash modeli bo‘yicha fan o‘qituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rash modeliga ko‘ra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

👉70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;

👉 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;

👉 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;

👉 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;

👉 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;

👉 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda

#Yangiliklar   #Oʻqituvchi   #Sertifikat   #Ustama  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling