Maqolalar 03/12/2024 TOEFL sertifikati bor o‘qituvchilarga Oliy ta'limda ustama to‘lanmaydimi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 3515)ga ilovada Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Ro‘yxati tasdiqlangan.

Uning 3-bobida Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Ro‘yxati belgilangan. 

Unda:

➖ Test of English as a Foreign Language — TOEFL iBT;

➖ Test of English as a Foreign Language — TOEFL iTP sertifikati mavjud. 

Unga berilgan izohga muvofiq barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

#Maqola   #Oʻqituvchi   #Oliygohlar   #Sertifikat   #Ustama  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling