Repostlar 30/12/2024 Yaponiyaning National Institute of Genetics tashkilotidan bakalavr va magistratura talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Milliy Genetika Instituti/Genetika fakulteti (National Institute of Genetics (NIG)/ Department of Genetics, SOKENDAI) genetika va tabiiy fanlar bilan bogʻliq sohalarda tadqiqot tajribasiga ega boʻlishni xohlovchi bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun tadqiqot amaliyoti dasturini taklif etadi.

Amaliyot dasturi Life Science (Hayotiy fanlar) boʻyicha olib boriladi. Dastur ilmiy tadqiqotlar, ilmiy aloqalar, laboratoriya tadqiqotlari va treninglarni oʻz ichiga oladi. Amaliyot davomida qatnashchilar oʻzlariga amaliyot joyidan rahbar topib, birga ishlashlari lozim. Dastur yakunida ishtirokchilar “NIGINTERN Reports Symposium” da oʻz tajribalari haqida taqdimot qiladilar. NIG dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 6-dekabrda boshlanib, 2025-yil 6-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 08:00 gacha davom etadi. Amaliyot esa 2025-yil 13-iyundan 24-iyulgacha boʻlib oʻtadi.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar tabiiy fanlarga qiziqishi va bu sohada bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • Dasturga ariza topshirish vaqtida nomzodlar oʻqishni bitirishlariga bir yil qolgan, masalan, bakalavr talabalari 3-kurs boʻlishlari kerak (dastur tugagach nomzod mamlakatiga qaytib kelib yana bir yil oʻqiy olishi lozim);
  • Qabul qilingan ishtirokchilar dastur qoidalariga rioya qilishlari kerak.

Eslatma: Tanlovning saralash bosqichi yuqori darajada raqobatbardoshlikka asoslangani sababli bakalavr hamda magistraturaning soʻnggi kursdan bitta oldingi kursida oʻqimayotgan yoki doktorantura bosqichidagi talabalarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.

Foydali tomonlari

  • Borib-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Tibbiy sugʻurta qilinadi;
  • NIG dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi;
  • Dastur davomida ishtirokchilarga ilmiy tadqiqotlar boʻyicha magistratura dastur maʼruzalari, mashgʻulotlar, seminarlar hamda yapon tili kurslari taqdim qilinadi.

Eslatma! Yuqoridagilardan tashqari yashash va boshqa xarajatlar ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.

Hujjat topshirish

Dasturga dastlab onlayn roʻyxatdan oʻtiladi. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 6-dekabrda boshlanib, 2025-yil 6-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 08:00 gacha davom etadi.

Dastlabki roʻyxatdan oʻtishda nomzodlardan ikkita tavsiyanoma beruvchilarning ismlari va elektron pochta manzillarini kiritish soʻraladi. Nomzodlar roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, tavsiyanoma beruvchi rahbarlardan tavsiyanomani kiritishlarini soʻrab elektron pochtalariga xabar yuboriladi.

Hujjat topshirish jarayonida quyidagilar soʻraladi:

  • Motivatsion xat (500 soʻz atrofida)
  • CV;
  • Bakalavr yoki magistratura bosqichidagi universitet baholari(ingliz yoki yapon tiliga tarjima qilinishi kerak);
  • Ikkita tavsiyanoma.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • 2024-yil 6-dekabr-2025-yil 6-yanvar: Arizalarni qabul qilish jarayoni;
  • 2025-yil fevral oxiri: Natijalar eʼlon qilinishi;
  • 2025-yil mart-may oylari: Joʻnab ketishga tayyorgarlik;
  • 2025-yil 13-iyun-24-iyul: Amaliyot;
  • 2025-yil Iyul oxirigacha: Vazifalar topshirilishi va dastur yakunlanishi.

Maʼlumot uchun:

#Sertifikat   #Chetda tahsil olish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling