Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida forum va ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ullari, shuningdek, IT sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Ular IT sohasida xotin-qizlarning o‘rni, ularning ilmiy va amaliy loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.
Forum doirasida:
Shuningdek, xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “AKT bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi” va “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Tanlov natijalari:
Ushbu forum va ko‘rgazma IT sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish, ularning innovatsion g‘oyalarini ilgari surish hamda yangi loyihalar uchun platforma yaratishga xizmat qildi.
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar