Repostlar 06/01/2025 Matematika va shunga bogʻliq yoʻnalishdagi bakalavrlar uchun AQShda xarajatlari toʻliq qoplanuvchi RIPS tadqiqot dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Research in Industrial Projects for students (RIPS) — AQSh, Los-Angelesdagi Kaliforniya Universiteti tomonidan matematika, informatika va ularga bogʻliq yoʻnalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr bosqichi talabalari uchun moʻljallangan sanoat loyihalarida tadqiqot dasturi. Dastur talabalarga dastur homiylari boʻlgan sanoat yoki davlat sektori tomonidan taklif qilingan real tadqiqot loyihalarida jamoalarda ishlash imkoniyatini beradi. Har bir jamoa oʻzining akademik va soha mentorlari koʻmagida muammoni tadqiq qiladi va natijalarni dastur oxirida ogʻzaki va yozma ravishda taqdim etadi.

RIPS-LA talabalari Kaliforniya Universiteti (Los-Anjeles) kampusidagi yotoqxonalarda yashaydilar va Institute for Pure & Applied Mathematics (IPAM) da loyiha ustida ish olib boradilar. Dastur davomida 9ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Loyiha homiylari mart oyida eʼlon qilinadi. 

Dastur muddati 9 hafta: 23.06.2025-22.08.2025.

Loyihalar turli sohalarda boʻlishi mumkin, lekin barchasi matematika, statistika, maʼlumotlar tahlili va raqamli hisoblashni oʻz ichiga oladi. Shu sababli, dastur qatnashchilarining matematika va hisoblash boʻyicha bilim darajasi va tajribasi yetarlicha boʻlishi va amaliy qoʻllay olishi lozim.

Maqbullik shartlari

Tadqiqot dasturida qatnashish uchun qoʻyiladigan talabalar:

  • Tadqiqot dasturiga 18 yoshdan katta istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin;
  • Nomzod bakalavr bosqichida tahsil olayotgan yoki uni tamomlayotgan bo'lishi kerak; dekabr oyigacha bakalavrni tugatganlar ham topshirishi mumkin;
  • Matematika, informatika va shunga bogʻliq yoʻnalishlarda tahsil olayotgan boʻlishi maqsadga muvofiq, ammo shart emas;
  • Shuningdek, matematik hisoblash, statistika va maʼlumotlar tahlili boʻyicha yetarlicha bilim, tajribaga ega boʻlishi va amaliy qoʻllay olishi lozim;
  • Ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi lozim.

Foydali tomonlari

Dastur talabalarga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Stipendiya beriladi;
  • AQShga borish va kelish parvoz va ichki sayohat xarajatlari qisman qoplanadi;
  • Yotoqxona beriladi;
  • Ovqatlanish xarajatlari;
  • Homiylar bilan loyiha boʻyicha joylarga tashrif buyurish;
  • Kelajakdagi tanlangan konferensiyalar sayohat xarajatlari uchun cheklangan qisman yordam;
  • Dasturga qabul qilingan xorijiy talabalar uchun viza olishda koʻmak beriladi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza va hujjatlar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • CV/resume;
  • Talabaning universitetdagi baholari;
  • Tavsiyanoma (2 ta). Toʻgʻridan-toʻgʻri tavsiya qiluvchi shaxslardan qabul qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: rips@ipam.ucla.edu.

Manba: https://t.me/grantgouz/7458

#Yangiliklar   #Abituriyent   #Chetda tahsil olish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling