15-yanvar kuni Turizm qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) “Turizm va mehmonxona biznesi” kafedrasi filiali ochildi.
Tantanali ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, turizm sohasining tajribali mutaxassislari, TDIU professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘laroq tashkil etilgan ushbu filial turizm va mehmonxona sohasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, turizmni mamlakat iqtisodiyotidagi muhim tarmoqqa aylantirish uchun katta hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
Yig‘ilganlar Turizm qo‘mitasida professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot va o‘quv xonalari hamda 2000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga jamlagan kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.
Manba: https://t.me/eduuz/29483
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar