Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlash borasida izchil choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun keng shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.
Manba: https://lex.uz/docs/-6156799
#Ta'lim telekanali #Tartib qoida