Kimyo Girls Olimpiadasiga qabul boshlandi!

Kimyo Girls Olimpiadasi – kimyo sohasida iste'dodli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan maxsus tashabbus. Bu tanlov kimyo fani bo‘yicha bilimlarni namoyish etish, ijodiy fikrlash va analitik yondashuvni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Ariza berish: O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 16-fevralgacha.
Tanlov bosqichlari:
- 1-bosqich: Test
Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 20 ishtirokchi tanlanadi.
- 2-bosqich: Laboratoriya ishi
Eng yaxshi 10 nafar finalist keyingi bosqichga o‘tadi.
- 3-bosqich: Loyihani himoya qilish
Finalistlar o‘z loyihalarini individual tarzda taqdim etadilar.
Umumiy sovrin: 9.500.000 mln so'm.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling