Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yilning 27-iyun kuni 190-son bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak, bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
#Yangiliklar