Savol: Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurslarning oxirgi semestri uchun kontrakt miqdori har yilgi kontrakt miqdoriga nisbatan kam to‘lanadimi ? Ya’ni iyul, avgust oylarida o‘qimaganligi uchun kam to‘lanadimi yoki yo‘qmi? Talaba 1-kursdan boshlab stipendiyasiz kontrakt to‘lagan, ya’ni stipendiya olmay kontrakt to‘lab kelgan.
Huquqshunos javobi:
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (26.02.2013-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2431) 26-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi o‘quv yili (qismlarga bo‘lib to‘langanda oxirgi o‘quv semestri) uchun to‘lov, to‘lovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun to‘lanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi.
💁♂️ Bunda, chegirib qolinadigan stipendiya miqdori kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov miqdorining oxirgi belgilangan stipendiyaning miqdori 0,75 koeffitsiyenti qo‘llangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
☝️E’tibor bergan bo‘lsangiz, kontrakt miqdoridagi chegirma iyul va avgust oylarida to‘lanishi kerak bo‘lgan stipendiya miqdoriga bog‘lanmoqda.
❗️Shunga ko‘ra, stipendiyasiz shaklda to‘lov-kontrakt to‘langan bo‘lsa, yakuniy kursda ham to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi.
#Maqola