Maqolalar 09/06/2025 OTMga kimlar hujjat topshira oladi?

1️⃣ Umumiy o‘rta ta’limning 11-sinfini tugatganlar

Bunda barcha maktablar kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotini tugatganlar

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi;

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o‘qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o‘qiyotganlar garchi hali o‘qishi tugamagan bo‘lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy ta’limda o‘qiyotgan talabalar

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy ma’lumotlilar

Allaqachon bir marta oliy ma’lumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling