Yangiliklar 06/05/2025 O‘zbekistonda endilikda part-time education bo‘yicha o‘qitishga ruxsat beriladi

Endilikda sirtqining o‘rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko‘proq masofaviy ta’lim shakli bo‘lishi mumkin. 

Shuningdek,part-time education shakli bo‘yicha o‘qitishga ruxsat beriladi. Bu maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim degani.

• Oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko‘p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o‘lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo‘ladi;

• Magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o‘qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o‘qitsa bo‘ladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling