O‘zbekistonda ta’lim sohasida ayollarning ulushi necha foizga teng?

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 7 foizga yetgani ma’lum qilindi.
Ayollarning ulushi tibbiyot tizimida 77 foizdan ko‘proqni, ta’lim sohasida salkam 74 foiz, savdoda 49 foiz, iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat va ishlab chiqarishda qariyb 46 foiz, madaniyat va sportda 45 foiz, qishloq xo‘jaligida 42 foizdan ziyodni, moliya va sug‘urta faoliyatida 37 foizdan ortiqni, axborot va aloqa xizmatida 35 foiz, professional, ilmiy va texnik faoliyatda qariyb 34 foizni, davlat boshqaruvi va mudofaa tizimida 27 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Joriy o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushi 52,2 foizni tashkil etmoqda