Yangiliklar 28/05/2025 Pedagog va boshqa xodimlarga ustama haq to‘lash tartibi

Ustama haq pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda bilim berish sifati asosida har oylik tartibda belgilanadi.

Ustama miqdori bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 40% gacha bo‘lishi mumkin.

Pedagoglar uchun ballga qarab ustama:

  • 65–70 ball — 10%
  • 71–75 ball — 15%
  • 76–80 ball — 20%
  • 81–85 ball — 25%
  • 86–90 ball — 30%
  • 91–95 ball — 35%
  • 96–100 ball — 40%

Kutubxona xodimlari uchun:

  • 65–75 ball — 10%
  • 76–85 ball — 15%
  • 86–100 ball — 20%

Psixologlar uchun:

  • 65–75 ball — 10%
  • 76–85 ball — 15%
  • 86–100 ball — 20%

Eslatma: Ustama yangi o‘quv yili uchun, o‘tgan o‘quv yili yakunlariga asosan, Jamg‘arma hisobidan belgilanadi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling