Yangiliklar 17/12/2024 Pedagoglarga 70 foizlik ustama berish yo'lga qo'yilmoqda

Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev ma’lum qilishicha, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin.

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshlangan. Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.

#Oʻqituvchi  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling