Maqolalar 28/01/2025 Ta’limga doir yangiliklar va koʻrsatuvlar loyihasi

   Bugungi kunda yurtimizda 7104 ta bog‘cha, 10750 ta maktab, 91 ta litsey, 140 ta kollej, 60 ta texnikum, 54 ta institut, 209 ta universitet va 15 ta akademiya  mavjud. Bu fayzli maskanlarda faoliyat olib borayotgan yuzlab fayzli olimlar, minglab fidoyi ustozlar va o‘n minglab iqtidorli talabalar mavjud. Ularning ta’lim yo‘nalishida qilayotgan ishlari tahsinga loyiq.

   Afsuski, ularning tajribalarini, metodikalarini va ilmiy ishlarini ulashib boradigan aniq bir platforma mavjud emas. Bu ezgu ishga qo‘l urgan holatda “Ta’lim telekanali” loyihasi o‘z faoliyatini boshladi.

   Loyiha 2024-yil 20-oktyabrdan ish boshlagan. Hozirgi kunda 16 ta jamoa a’zolaridan iborat jamoamiz va professional tarkibdagi texnikalarimiz mavjud.                     

“Ta’lim telekanali” loyihasining maqsadlari:

  • Jamiyatda ilm-u maʼrifat targʻibotini kuchaytirishga hissa qoʻshish;
  • Yoshlar ongiga ilmning eng qudratli kuch ekanini singdirish;
  • Turli sohalarning yetuk mutaxassislari va olimlar bilan koʻrsatuvlar tayyorlash;
  • Aniq va ijtimoiy fanlar boʻyicha  kerakli maʼlumotlar jamlangan roliklar tayyorlash;
  • Vatan va millat tarixi hamda ajdodlardan meros ilmiy-maʼrifiy xazinalar bilan yurtdoshlarimizni  tanitib borish;
  • Akademik saboqlar uchun  oʻz sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan shaxslar bilan suhbatlar olib borish;
  • Maktab, litsey va oliy oʻquv dargohlari faoliyati haqida kichik filmlar tayyorlash;
  • Taʼlim, ilm-maʼrifat va jamiyatning turli dolzarb muammolari mavzusida badiiy va hujjatli roliklar tayyorlashdan iborat.

  Hozirda loyihada 5 ta boʻlim mavjud:

1. Marketing
2. Media
3. Dizayn
4. Tahririyat
5. Sotuv

Jamoa a’zolari quyidagi kasblarda faoliyat yuritishadi:

  • SMM menejer;
  • Boshlovchi;
  • Mobilograf;
  • Operator;
  • Motion designer;
  • Dizayner;
  • Muharrir.

   Bugungi kunda loyiha doirasida 20 dan ortiq proyektlar tashkillashtirilmoqda. Ustozlarning maslahatlari va duolarini olgan holda loyiha a’zolari o‘z maqsadlari sari intilishdan charchamaydi.

   Ta’limga doir eng soʻnggi va qiziqarli ma’lumotlarni You tube kanaldan olishingiz mumkin.

 Sevinch Tolibjonova tayyorladi

#Ta'lim telekanali   #Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling