Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Vazir jamg‘armasidan ustama berish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Hukumatning yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.
Unga ko‘ra, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga da’vogarlik qilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yildan boshlab Vazir jamg‘armasi uchun tashkil etiladigan birinchi bosqich (test) sinovlari o‘tkazilmaydi.
Bunda malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani ko‘rsatgan uchta nomzod keyingi bosqichga nomzodlar sifatida tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).
2026-yilgi Vazir jamg‘armasidan ustama oluvchi nomzodlar esa joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlanadi.
“Shunday ekan, bu yil o‘tkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilayotgan murojaatlar:
▪️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
▪️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
▪️ Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.
#Yangiliklar