Maqolalar 24/12/2024 Pedagoglarga ta’lim muassasasida nimalar taqiqlanadi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan.

Shunga ko‘ra, pedagoglarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

  • jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish; 
  • o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; 
  • "Chiqish" qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish; 
  • ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish; 
  • ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish; 
  • muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish; 
  • ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling